Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada kuchaytirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti bilan hamkorlikda "Sening uchun fidodir jon, qalqoningmiz O‘zbekiston" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirning amaliy qismida talabalarga muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar, mashgʻulotlardan namunalar, qiziqarli harbiy namoyishlar hamda anjom-aslahalar va harbiy texnikalar koʻrgazmasi taqdim etildi.
Tashkil etilgan tadbir talabalar oʻrtasida armiyamiz kuch qudratini toʻla qonli anglash, u bilan faxrlanish hamda yuksak vatanparvarlik hissini uygʻotdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.