“Jurnalist” teleserialidagi bosh roli orqali ko‘pchilikning sevimli aktyoriga aylangan Shahzod Sultonov hozir safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tamoqda. Aktyor yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv "Milliy armiyamiz-Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!" shiori ostida o‘tkazilib, suhbat davomida Shahzod xizmatni qanday o‘tayotgani, armiyada nimalarni o‘rgangani va harbiy xizmat har bir insonning muqaddas burchi ekanligini alohida taʼkidladi.
Albatta, o‘g‘il-qizlar ham o‘z navbatida mehmonning aktyorlik karyerasi to‘g‘risidagi savollariga batafsil javoblar olishdi