Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uyi farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga jo‘nab ketishni sabrsizlik bilan kutayotganliklarini shunday izohladilar.Yo‘lga chiqishdan bir necha kun oldin Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari oromgohga ketayotgan o`g`il-qizlardan xabar olishdi.
Bolajonlar bilan bo`lgan suhbat davomida suzish havzalarida cho`milish qoidalari, quyosh nurlaridan saqlanish, o‘zini yomon his qilganda kimga murojaat qilish kerakligi tushuntirildi.
Oromgohga jo`nash kuni xodimlar bolajonlarni kuzatib qo`yish uchun uchun ularning xonadonlariga tashrif buyurdi.
Endilikda bolalar yozning issiq kunlarini toza va salqin havoli oromgohlarda o‘tkazib, mazmunli hordiq chiqarishadi. Shuningdek, yangi do‘stlar bilan tanishib, katta taassurotlar bilan uylariga qaytishadi. Bundan bolajonlar va ularning ota-onalari juda mamnun.