Uchrashuv davomida yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik kabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari bilan bo‘lgan muloqotda bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, shuningdek, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashning dolzarb ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ongini yuksaltirish, ularni har tomonlama yetuk, mas’uliyatli va fidoyi etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.