"O‘zbekistonda o‘z oilasidan ayrilgan bolalarni qanday tarbiyalashmoqda",- degan savol barchani qiziqtirsa kerak.
O‘zbekistonliklar bir vaqtning o‘zida bir nechta bolalarni o‘z qaramog‘iga olgan holda, oilaviy bolalar uylarini tashkil etmoqda.
Bu orqali esa mamlakatda ko‘plab bolalar o‘z oilalariga ega bo‘lmoqda. Anʼanaviy bolalar uylari esa tugatilmoqda, xususan, O‘zbekistonda 13 ta Mehribonlik uylari, 4 ta shaharcha va 2 ta “go‘daklar uyi” o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Oilaviy bolalar uylarini tashkil etayotgan odamlarga nima turtki bermoqda – ular bu haqda video orqali maʼlumot beradilar.