Bugun Yangi Namangan tumani hududida joylashgan 26-sonli mehribonlik uyida Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvi o‘tkazildi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi hamda Turizm va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan tadbirda 3-sektorlarda yashovchi oilalar qatnashishdi.
Tadbir davomida “Eng yaxshi sog‘lom va barkamol oila” sport musobaqalarida “Stol tennisi”, “Quvnoq startlar”, “Shashka”, “Shaxmat” va “Badminton” sport o‘yinlari bo‘yicha oilalar kuch sinashishdi.
“Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila” kitobxonlik bellashuvida esa “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Yosh kitobxon”, “Men sevgan asar qahramoni”, “Baxru bayt” tez aytish, “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi yo‘nalishlarda bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
G‘olib bo‘lgan oilalar viloyat bosqichiga yo‘llanma olish bilan birgalikda tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlanishdi.