O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Harbiy vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 21 dekabr kuni Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida malaka oshirish kursi tinglovchilarga uchun “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Seminar treningni Mehribonlik uyi rahbari birinchi o‘rinbosari mayor J.Egamberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Treningda professor-o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarni jarayonga faol jalb etish maqsadida, savol-javob, bahs-munozara, "Men sog‘lom bulishim uchun... " guruh ishi metodlaridan foydalanildi. Seminar trening ko‘tarinki ruxda tashkil etilib, qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.