Kuni kecha A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining professor oʻqituvchilari va murabbiylari ishtirokida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan badiiy kecha boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda tarbiyalanuvchilar va ustoz murabbiylar Sohibqiron bobomizning hayoti,jang sanʼati va jahonda tutgan oʻrni toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega bo`lishdi.
Tadbir soʻngida Temur tuzuklarini yod olgan tarbiyalanuvchilarga va faol ishtirokchilarga kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.