O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida tushuncha berildi // Respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda “Mehr daftari” tizimining ishlash tartibi va tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda // Milliy gvardiya va FVV yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlari oilaviy bolalar uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirmoqda //Sogʻliqni saqlash-ustuvor vazifa: oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtadilar / / Buxoroda oilaviy bolalar uylardagi tarbiyalanuvchilar teatrga tashrif buyurishdi / / hududlarda mehr daftari tizimining tartibi va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv seminarlari davom etmoqda / / Oilaviy bolalar uylari farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi // 22 sonli “Mehribonlik” uyida “Avtomobilsiz kun: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilamiz va ekologiyani asraymiz” nomli aksiya bo‘lib o‘tdi // Oliy Majlis senatori samarqandlik Raximovlar oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi //Toshkent 22-sonli “Mehribonlik” uyidagi har bir bola o‘ziga yarasha iqtidorli / / “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda 

Sog‘lom oila - farovon hayot asosi

23.9.2023 419

Yurtimizda aholi salomatligini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda. Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari davlatimizda qonun bilan kafolatlangan. Taʼkidlash joizki, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning salomatligi ham alohida nazorat ostida.

Xususan, Uchtepa tumanining 300 mingga yaqin aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika tomonidan Nayman mahallasida joylashgan oilaviy turar-joy majmuasida istiqomat qiluvchi oilaviy bolalar uyining farzandlariga ham muntazam ravishda tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Tarbiyalanuvchi bolalar bu yerda bir yilda ikki marotaba to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib boriladi. Shuningdek, bolalarga ko‘rsatiladigan barcha tibbiy xizmatlar, nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilaviy bolalar uyiga maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi.

Oilada farzandlar salomatligini saqlashni eng muhim vazifa deb hisoblaydigan Nargiza opa ham mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etilayotganiligini alohida eʼtirof etdi.

Darhaqiqat, yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari kelgusida yurtimiz ravnaqiga hissaga qo‘shadigan aqlan raso va maʼnan yetuk yoshlarni ko‘payishida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning salomatligini saqlash, ularni bu borada izchil qo‘llab-quvvatlash bosh islohotlarimizning asosiy mezonlaridan biridir.