Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik davomida bolajonlar barcha mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, mavjud bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha davolash choralari ko‘rildi.