Respublikamiz bo‘ylab sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog‘lom va maʼnaviy boy, intellektual salohiyatli yosh avlodni tarbiyalash borasida bir qancha islohotli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 21 yanvar kuni Davlatovlar oilasining farzandlari Shahar bolalar diagnostika markazida bosh shifokor nazorati ostida to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan uy sharoitida amalga oshiriladigan kerakli muolajalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi va bolajonlarga sog‘lom turmush tarzi hamda uni to‘g‘ri shakllantirish mavzulari bo‘yicha tibbiy maslahatlar berildi.