Xususan, tekshiruvlar ispaniyalik oftalmolog doktor Carmen Villalobos Rodriguez, audiolog-vestibulolog Nargiza Abdullayevna Karimova hamda Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi jarrohlik markazining tajribali stomatologlari tomonidan olib borildi.
Oftalmolog, lor, stomatolog tekshiruvdan o‘tish imkoniyati “MESCA” jamg‘armasi tomonidan taqdim etildi. 2021-yil so‘nggida tashkil etilgan Jamg‘armaning bosh maqsadi Markaziy Osiyo fuqarolarining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishini taʼminlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga alohida eʼtibor qaratishdan iboratdir.