Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yunisefning O‘zbekistondagi vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda bola huquqlarini himoya qilish, yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilindi.
Shuningdek, huquqbuzarlik va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi taʼkidlanib, Bolalarni himoya qilish sektori mintaqaviy bo‘linmalari,Milliy gvardiya boshqarmasi, boshqa tuzilmalar va bo‘limlarda yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy yetish, Oilaviy bolalar uylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar natijalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning taklif va fikr-mulohazalari qabul qilinib, vazifalar belgilandi.