Yaqinda Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bolalarni hayot faoliyatining xavfsizligi asoslariga o‘rgatishga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari taklif etildi.
Dastlab o‘qil va qizlarga yong‘in kelib chiqishi sabablari, nima uchun baʼzi buyum va moddalar tez yonuvchi yoki portlash xavfi yuqori ekanligi, nosoz gaz va elektr jihozlari nima uchun xavfli ekanligi haqida so‘zlab berildi.
Keyin bolalar hovliga taklif qilinib, u yerga olib kelingan maxsus texnika va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada tarbiyalanuvchilarga o‘t o‘chirish moslamasidan to‘g‘ri foydalanish, o‘t o‘chirish avtomashinasining ishlashi hamda o‘t o‘chiruvchilarning himoya kiyimlari nimadan iborat ekanligi namoyish etildi.
Bolalar mutaxassislar so‘zlarini katta ishtiyoq bilan tinglab, ko‘rgazma eksponatlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar hamda mashg‘ulotlar yakunida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislaridan tez-tez kelib turishlarini iltimos qildilar.