Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan farzandlarning psixologik holatini o‘rganish maqsadida, “Saidovlar”," Sattorovlar" xonadoniga tashriflar amalga oshirilib, ularning ayni taʼtil kunlaridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazayotganliklari, psixologik ishlarni uzviy davomiyligi, shuningdek, bolalarning o‘z tengqurlari bilan muomalasi xususiyatini o‘rganish, ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini inobatga olgan holda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtirish bo‘yicha suhbatlar amalga oshirildi.
Uchrashuvlar davomida, bolalarni yashash shart-sharoitlari, ota-ona, bobo-buvi va o‘zining farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar, farzandlarning oilaga moslashuv jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida, ota-onalarga farzandlarining qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilishi, tarbiyalanuvchilarning temperament va xarakter xususiyatlari bo‘yicha psixologik tavsiyalar berildi.