Milliy gvardiya Toshkent shahri boshqarmasining harbiy qismida poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqasining shahar bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur musobaqa Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etildi. Unda 9–11-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
???? ta shart bo‘yicha to‘plangan ballar natijasiga ko‘ra:
???? 3-o‘rin — Yunusobod tumani, 58-maktab jamoasi
???? 2-o‘rin — Uchtepa tumani, 295-maktab jamoasi
???? 1-o‘rin — Chilonzor tumani, 168-maktab jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. ????????