22-sonli Mehribonlik uyiga Toshkent davlat pedagogika universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi talabalari hamda Jamoat xavfsizligi universitetining professor o‘qituvchilari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar tomonidan "Ertangi kunga ishonch - yorqin kelajak" mavzusida psixologik trening va turli interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bolajonlarning shodon kulgularidan, mashg‘ulotlarga bo‘lgan ishtiyoqidan maʼlumki,bu kabi treninglar ularga manzur bo‘lib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarining yechimini topishga yaqindan ko‘mak bermoqda.