Behbudov va Saidovlar oilasi farzandlarining quvonchi cheksiz. Bolajonlar bayramlarni, oʻyin-kulgilarni, sovgʻalarni yaxshi koʻradi va ular ham bayramlarga oʻzgacha tayyorlanishadi. Ayniqsa, milliy bayramlar, turli sayohatlar va oila davrasidagi kechki ovqatlar taʼlim muassasalarida oʻsgan oʻgʻil-qizlar uchun juda qadrlidir.
Bolajonlar anʼanaviy bayram taomlarini tayyorlashda ishtirok etishlarini eshitib behad quvonishdi. Sumalak pishirish jarayonida oʻgʻil-qizlar buvijonlaridan qadimiy rivoyatlarni tinglab, oʻzlari uchun tegishli xulosalar chiqardi.