Mazkur dargoh Farg‘ona viloyati aholisi tomonidan yaratilgan 10-Oilaviy bolalar uyi bo‘ldi. Ro‘ziboyevlar so‘nggi 6 nafar tarbiyalanuvchilarni marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyidan o‘z oilasi bag‘riga olib, ezgu ishga qo‘l urishdi va taʼlim muassasasi eshiklari yopildi.
Shu kungacha 16 yoshli Sarvinoz, Marjona va ikki Diana, 15 yoshli Karina va 12 yoshli Indera bag‘ri keng, qalbi olijanob insonlar tomonidan o‘z oilalari bag‘riga birin-ketin olib ketilgan do‘stlari ortidan mayus qarashardi. Va nihoyat, ularning ham sevimli kitoblari va o‘yinchoqlarini yig‘ish va yangi otasi va onasi bilan yangi hayot qurish navbati keldi.
Mehribonlik uylaridan chiqqan tarbiyalanuvchilar endi ko‘p narsalarni o‘rganishlari, ko‘p narsalarga ko‘nikishlari kerak bo‘ladi. Masalan; ularning yangi uyi joylashgan "Yangi asr" mahalla fuqarolar yig‘inida nafaqat yangi qarindoshlar, balki qo‘shnilar bilan ham tanishish, shu bilan bir qatorda, do‘konga borish, oilaviy byudjetni taqsimlash, uy ishlarida yordam berish, nafaqat o‘zining xatti-harakatlari balki boshqalar uchun ham javobgar bo‘lish,bayramlarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish va tug‘ilgan kunda odamlarga nima berish kerakligini o‘ylab topish.
Biroq, qizlar qiyinchiliklardan qo‘rqmadi. Axir, ular uzoq vaqtdan beri oila haqida, ularning otasi va onasini quchoqlash imkoniyati haqida orzu qilishgan. Ular ulg‘ayib, o‘z farzandlari bo‘lganda ham ota onalarining ko‘makchisi hamda maslahatchisi bo‘lishga qaror qilishdi. Qolaversa, qizlar ota-onasini anchadan beri taniydi: onasi Mavluda Yo‘ldoshevna o‘zlari voyaga yetgan o‘sha Mehribonlik uyida tarbiyachi,otasi Karimberdi Absamatovich bo‘lsa shu muassasa direktorining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Aytgancha, katta oilaning otasi qiziqarli tarjimai holga yega: K. Ro‘ziboyev Farg‘ona viloyati Quva shahrida tug‘ilgan, 10 yil Toshloq tumanidagi 38-maktabda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan, keyin 7 yil Marg‘ilonda profilaktika inspektori bo‘lib ishlagan va 2002 yilda Mehribonlik uyi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Maʼlumot uchun: 2021 yilning avgust oyiga qadar Farg‘ona shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida 93 bola tarbiyalandi.Shundan, joriy yilning 17 fevral holatiga ko‘ra, 26 nafari ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarildi, 53 nafar bola oilaviy bolalar uyida tarbiyalanmoqda, 5 nafari 18 yoshga to‘lganligi sababli muassasani tark yetdi, 4 nafari o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi, 5 nafari boshqa muassasalarga topshirildi.