Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi ikki oila – "Murg‘ak qalb" va "Mehribon qalb"da bugun katta xursandchilik : ularning qizlari Tamila Abdumalikova va Gulzodaxon Jo‘raeva birinchi sinfga qadam qo‘ydi!
Tumanda joylashgan 22-sonli maktabda qizlarni birinchi ustozi iliq kutib oldi. Tamila va Gulzodaxon sinfdoshlari bilan birgalikda Prezident sovg‘alarini xursandchilik bilan ko‘zdan kechirdi. Ular hali yosh bo‘lsalar-da, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni allaqachon anglab yetgan.
Qizaloqlarning oliy maqsadi kelajakda o‘z bilimlari bilan Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilishdir.