Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish hamda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan, Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham hasharda faol ishtirok etishmoqda.