Xabaringiz bor, Milliy gvardiya masʼul xodimlari va mutaxassis psixologlari Mehribonlik uylariga biriktirilgan bo‘lib, ular tarbiyalanuvchilarni mustaqil va komil inson bo‘lib yetishishi yo‘lida bir qator maqsadli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, 1 fevral kuni 30-sonli Mehribonlik uyida Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qism ofitser-psixologi tomonidan tarbiyalanuvchi o‘g‘il bolalarning nutqini, fikrlash doirasini, tasavvurini kengaytirish, mustaqil fikrlash, baho berish va tahlil qilish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish, qolaversa guruhda o‘zaro birdamlik, kollektiv bilan hamkorlikda ishlash, o‘zining individuallik xislatlarini bilish, ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Maslahat orqali rasm chizish”, “Individuallikni anglashni o‘rganamiz”, “Bu kimligini top”, “Liftdagi epizod” deb nomlangan shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.