O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyatida joylashgan "Musaffo qalblar makoni" nomli Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurildi. U yerda 6 nafar tarbiyaga olingan bolalarni yashash shart-sharoitlari, ota-ona, buvi-buva va o‘zining 3 nafar farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar, farzandlarning oilaga moslashuv jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan ota-onaga, farzandlarining qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilishi, tarbiyalanuvchilarning temperament va xarakter xususiyatlari bo‘yicha pedagogik hamda psixologik tavsiyalar berildi.