Rossiyaning Tolyatti shahrida anʼanaviy “Xalqaro bolalar gandbol festivali” tashkil etildi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik gandbol jamoalari ham munosib ishtirok etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Surxondaryo viloyati jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Jamoa tarkibida esa Termiz shahridagi Muhabbat Xalikova xonadonida istiqomat qilayotgan Sardor Amonov ham bor. U mazkur sport turi bilan bolaligidan shug‘ullanib keladi. Maqsadi esa katta chempion bo‘lish va bu yo‘lda o‘z ustida ishlamoqda.