11-may viloyat hokimi Joʼrabek Raximov Shovot tumanidagi Beshmargan mahallasi yoshlari bilan 33-maktabda uchrashdi. // Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 30-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. // Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh gvardiyachilar” harbiy-vatanparvarlik sinfining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. //  Davlatimiz rahbari tomonidan umumxalq bayrami sifatida eʼlon qilingan “Xotira va qadrlash kuni” shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda // Poytaxtimizda Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmalari vakillari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. // Bektemir tumanidagi 290-maktabda Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda tuman maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari “O‘smir va qonun” mavzusida maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazdi. // Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi vakillari hamda qator mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablaridagi bitiruvchi yoshlarning ota-onalari bilan “Zoom” platformasi orqali online uchrashuv bo’lib o’tdi. // Bo'ka tumanidagi maktablarda "Yosh gvardiyachilar" sinflari ochilishi davom etmoqda. // Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 278-maktabda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari mahalla “yettiligi” mahallasi bilan hamkorlikda 8-9-sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. // Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 278-maktabda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari mahalla “yettiligi” mahallasi bilan hamkorlikda 8-9-sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. // Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Tarbiyalanuvchilar orasidagi quvnoq bellashuv

19.1.2022 1716

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 30 sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning qishki ta’til vaqtlarni mazmunli o‘tkazish, bolalarning fikrlash,dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida ko‘rik tanlov tashkil etildi. Yigit-qizlar mazkur dargohda olayotgan bilimlarini namoyish etib, tarix,adabiyot va she’riyat yo‘nalishlarida o‘zaro bahslashishdi. Nasr va nazmda turli monologlar tayyorlashdi. Ayniqsa Vatan tarovatini tarannum etuvchi she’rlar yig‘ilganlar ko‘nglidan o‘rin oldi. Mazkur dargoh tarbiyalanuvilari orasida iste’dodli yoshlar juda ko‘p. Kimdir ashula aytsa yana birov sho‘x raqslarga tushadi. Tanlov shartlaridan yana biri qo‘g‘irchoqni yurgaklash bo‘lib bu shart orqali qizaloqlarni yoshligidanoq onalik kabi mas’uliyatli vazifani anglashlariga ko‘maklashishdan iborat. Qiziqarli bellashuv yakunida mag‘lublar bo‘lmadi. Bolalarning birgalikda tayyorlagan sahna ko‘rinishlari va faolligi tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirilib ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.