Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tashkil etilgan “Mehribon qalb” nomli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish shuningdek, ularning tarixiy joylar bilan tanishtirish maqsadida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida joylashgan “Ummat ota” ziyoratgohiga tashrif buyurildi.
Sayohat davomida bolalar muqaddas hisoblangan ushbu qadamjoning tarixiy kelib chiqishi, ulug‘ avliyoning muxtasham maqbarasi bilan yaqindan tanishdi.
Qir-adirlarga ilk marotaba tashrif buyurgan bolajonlar tog‘ kiyigi kabi o‘ynab kulishib, tabiat qo‘ynida balandliklarni miriqib tomosha qilishdi.
Sayoxat yoshlarning qalbiga ruhiy yengillik, ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.