Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari tomonidan viloyat hududidagi Oilaviy uylar farzandlari uchun mazmunli sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida bolajonlar Hakim at-Termiziy maqbarasi, viloyat tarixiy muzeyi hamda “Vatanparvar” bog‘iga tashrif buyurib, ajdodlarimiz merosi, xalqimizning boy tarixi va mardlik an’analari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kuzgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazish, ularda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirish, fidoyilik va ezgulik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.