Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlarining oila aʼzolari va Oilaviy bolalar uylari farzandlarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy majmuasiga ekskursiya tashkil etildi.
Tarixshunoslarning fikriga ko‘ra Uvays ibn Amir Al-Qaraniy Islom va so‘fiylikda juda hurmatli shaxs. U Muhammad S. A. V. davrida yashagan. Butun hayoti davomida avliyo ko‘p sayohat qilgan va Islomni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Uvays Qaraniyning hayoti va hatto o‘limi ko‘plab afsonalarni keltirib chiqargan. Siffin jangida Qaraniy vafot etadi va uni 7 sultondan kim ko‘mishga haqli ekanligini hal qila olishmaydi. Har bir sulton tobut tayyorlaydi va avliyo ularning har birida ekanligiga ishonadi.