Ertangi kunimiz egalari bo‘lmish o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanga muhabbat, sadoqat, milliy anʼanalarga hurmat ruxida tarbiyalash hamda ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakillantirish orqaligina ham jismonan ham maʼnan yetuk, yot g‘oyalarga qarshi kuchli g‘oyaviy imunitetga ega bo‘lgan vatanparvar avlodni tarbiyalash mumkinligi bugun hech birimizga sir emas.
Shu maqsadda Namangan shahar Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan shahar 1-sonli davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari uchun To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent ochiq osmon ostidagi muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchi yoshlarga Axsikent yodgorligi tarixi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bu esa o‘z navbatida bolajonlarda o‘zlari yashab turgan xudud naqadar ko‘xna ekanligi va u yerdagi topilmalarni ko‘rish orqali ajdodlari naqadar zakovatli insonlar bo‘lganligini anglash va o‘z tarixi bilan faxr va g‘urur tuyushlariga turtki bo‘ldi.