Vobkent tumanidagi sog‘lomlashtirish oromgohlariga bolalar yetib kelishidan avval “Porloq kelajak” dam olish maskanida seminar tashkil etilib, bolalarning hordiq chiqarishiga mas’ul bo‘lgan idora va tashkilotlar vakillari oromgohlarning dam oluvchilarni qabul qilishga tayyorligi haqida suhbatlashdi.
Mazkur seminarda Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari ham faol ishtirok etib, unda oromgohlarda jamoat tartibini saqlash, harbiy-vatanparvarlik va sport tadbirlarini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida so‘z yuritildi.
Shundan soʻng, “Neftchi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga dam oluvchilarning dastlabki guruhlari qabul qilindi. Maktab o‘quvchilari orasida viloyatdagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari ham bor edi.
Oʻgʻil va qizlar uchun oromgohdagi hordiq yangi oʻquv yili uchun kuch toʻplash va dam olishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bu yerda bolalar uchun ko‘plab qiziqarli musobaqalar, sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Bundan xabar topgan yoshlarning quvonchi cheksiz...