Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari, shuningdek, Mattiyev va Behbutovlar oilasi farzandlarining Xoja Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasiga sayohati tashkil etildi. Sayohat mazkur dargohdagi muzeydan boshlandi va bolajonlar yoʻl-yoʻlakay bobokalonimiz haqidagi tarixiy voqealarni tinglab borishdi.
Maʼlumot uchun: Buxoro shahridan 12 km uzoqlikda joylashgan Naqshband maqbarasi musulmonlarning eng muhim ziyoratgohlaridan biri sifatida eʼzozlanadi. Bu yerga butun dunyodan ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Naqshband maqbarasini ziyorat qilish Makka va Madinani ziyorat qilishga tenglashtirilgan