Yozgi taʼtil boshlanishi bilan ota-onalar oʻyga tolishadi: bolalarni nima bilan band qilish hamda qay tarzda nazoratda ushlash kerak, ular ishda boʻlganlarida farzandlari nima bilan mashgʻul boʻlishadi?
Bu vaziyatlarda maktab hududida tashkil etilgan oromgohlar ajoyib yechimdir. Xususan,Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uyi farzandlari 32-sonli maktab-internat hududida tashkil etilgan "Mehrigiyo" nomli bolalar sogʻlomlashtirish oromgohiga qatnay boshladi. Bu yerda oʻgʻil-qizlar yozgi taʼtilni maroqli va foydali oʻtkazishmoqda:turli ekskursiyalar, sport va madaniy-maʼrifiy tadbirlar shular jumlasidandir.
Bolalar tajribali pedagog-tarbiyachilar nazorati ostida dam olishmoqda. Ota-onalar ham ulardan xotirjam.