A. Xlebushkina nomidagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari yozgi taʼtilning birinchi kunlaridagi voqealar bilan o‘rtoqlashdi. Iyun oyining birinchi kunlaridan birida bolalarni toshkentlik oila mehmonga taklif qildi. Oila, mehmonlarni bayram dasturxoni atrofida samimiy suhbat va sovg‘alar bilan kutib oldi. Shu tariqa, mezbonlar bolalarni o‘tgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklashdi.
Ertasi kuni esa bolalar “Oasis” akvaparkida ajoyib vaqt o‘tkazishdi. O‘g‘il-qizlar yetarlicha suzishdi, zavqlanishdi, jo‘shqin musiqa ostida raqsga tushishdi. "Orient Finans" banki bolalarning akvaparkda dam olishiga homiylik qildi.