Chirchiq shahridagi 14-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari A. Qahhor nomidagi Respublika Satira teatriga tashrif buyurdi. Sayohat davomida “Mehribonlarim” nomli spektakl yosh tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.
Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lmish teatr barchaga do‘stlik, mehr-oqibat, saxovat va maʼnaviy poklik saboqlarini berdi. Teatr nafaqat madaniy o‘yin-kulgi uchun mo‘ljallangan, balki sahnadagi qahramonlarning “hayotini” tomosha qilib, inson jamiyat haqiqatlari va tajribalarini chuqur anglay oladi.