Tarbiya va maʼnaviyat maskani bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi va o‘ziga to‘g‘ri saboq olishi mumkin
Shu asnoda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi madaniyat saroyida Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari uchun viloyat musiqali drama teatri tomonidan insoniy fazilatlarni, mehr-muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan "Sehrli libos" nomli spektakl namoyish etildi.
Oilani mustahkamlash, uning baxtli hayot kechirishini taʼminlash, farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash kabi muhim masalalar o‘rin olgan mazkur sahna ko‘rinishlari tashrif buyurgan bolajonlar va ularning ota-onalari qalbida katta taassurot qoldirdi.