Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maʼnaviy xordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratib berish maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun O‘zbekiston Davlat Yosh tomoshabinlar teatriga sayohat tashkil etildi. Teatrning mahoratli aktyor va aktrisalari tomonidan sahnalashtirilgan "Oloviddinning sehrli chirog‘i" deb nomlangan sahna ko‘rinishlari va voqelar rivojining shiddat bilan o‘zgarishi barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Shu bilan bir qatorda, spektakl davomida jonli ijroda kuylangan qo‘shiqlar sanʼatsevar yoshlarga xushkayflik ulashdi.
Mazkur spektakl o‘zining tarbiyaviy ahamiyatga boyligi bilan tarbiyalanuvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.