Termiz shahridagi Sanʼat saroyida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan, Davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! shiori ostida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, hamda Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan "Zo‘raki tabib" nomli spektakl namoyish etildi. Kamediya janridagi mazkur sahna asari qizg‘in voqeliklarga boy bo‘lganligi bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.