Katta yoshdagilar bolaligida doʻstlari bilan tortishib qolganida qanday yarashganligini xotirlar ekan, beixtiyor yuzlariga tabassum yuguradi : ular bir-birlari bilan eng kichik barmoqlarini birlashtirib, sehrli boʻlgan iborani aytishlari kerak edi: "Tinchlik oʻrnatamiz, yarashamiz va boshqa urishmaymiz, agar kimdir yana urishsa, men uni tishlayman".
Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi psixologlari Behbutov, O‘rinov, Mattiyev va Saidovlar oilasi farzandlariga nizolarni qanday bartaraf qilish mumkinligi toʻgʻrisida soʻzlab berdi. Kun davomida tajribali psixologlar bolalar bilan birgalikda sodir boʻlgan vaziyatlarni tahlil qilishdi. Bolajonlarning ota-onalari ham bu kabi tadbirlardan juda mamnun: dildan kechgan suhbatlar oʻz natijasini koʻrsatmoqda - bolalar doʻstlik aloqalarini qanday mustahkamlash kerakligini oʻzlashtirib olishdi.