Dunyodagi eng bebaho neʼmat tinchlik, inson hayoti va bolalar baxtidir. Shuning uchun ham ikkinchi Jahon urushi davrida tinchlik uchun, davlatimizning mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan qahramonlarni eslash va hurmat qilish juda muhimdir. Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi vakillari tashrif davomida buxorolik oilalar farzandlariga urush qahramonlari, ularning jasorati hamda matonati haqida so‘zlab berishdi.
Tadbir davomda yosh avlod ham qo‘shiqlar kuylashib,Vatan, tinchlik va do‘stlik haqida ifodali sheʼrlar o‘qishdi.
Shu bilan bir qatorda, harbiy xizmatchilar tomonidan "shon-sharaf lentalari"ni tarqatish aksiyasi o‘tkazildi.