"Yoshlar oyligi" dasturi doirasida ommaviy ravishda keng qamrovli ko‘ngilochar va vatanparvarlik tadbirlari ko‘tarinki ruh bilan davom etmoqda. Xususan, joriy yilning 12 iyun kuni Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Nur” oromgohida ham ushbu tadbir alohida quvonch bilan tashkillashtirildi.
Mazkur oromgohda dam olayotgan 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ham O‘zbekiston Respublikasi Adolat sotsial demokratik partiyasi raisi Maxmudova Robaxon Anvarovna va Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor T.Umarovlar bolalar uchun konsert dasturi, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlari hamda tarbiyalanuvchilar ishtirokida turli xil uyinlar uyushtirildi. Tadbir so‘ngida mehmonlar mehribonlik uyi tarbiyachilari va boshqa bolalarga o‘zlarining esdalik sovg‘alarini topshirdi.