Mudofaaga ko‘maklashuvchi “VATANPARVAR” tashkiloti mutaxassis o‘qituvchilari bilan Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilariga Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtirildi. Mashg‘ulotda piyoda va haydovchilarning yo‘l harakatidagi majburiyatlari, undagi sodir etilishi mumkin bo‘lgan hodisalar, yo‘l belgilari va ularga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyalanuvchilarga piyodalar va haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi. Tarbiyalanuvchilar o‘zlari qiziktirgan savollarga javob olishdi.