O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi professori G.Xrulnova tomonidan joriy yilning 28 yanvar kuni Jizzax shahar 29-Mehribonlik uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyachilari ishtirokida “Bolaning tutingan oila muhitiga tayyorgarligi” mavzusida trening tashkil etildi. Trening davomida bolaning notanish muhitga moslashish jarayonini tezlashtirish, yangi oilada tarbiyalanuvchini qabul qilish muammosi - bolani oilaga qabul qilish masalalarini sahnalashtirilgan o‘yinlar orqali "Bolaning hayot tarixi kitobi" metodi qo‘llanildi. Trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Mashg‘ulot ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.