Yurtimizda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularni zamonaviy kasb turlariga o‘rgatish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi Ochilovlar farzandi Lobar Rayimova ham o‘zining til o‘rganishga boʻlgan qiziqishi va intilishi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda.
Gap shundaki, endilikda Lobar til boʻyicha egallagan bilimlarini amaliyotga tatbiq etib,tarjimonlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda va chet ellik sayohatchilarga o‘lkamiz tarixi toʻgʻrisida maʼlumotlar berish orqali o‘z bilimini yanada boyitmoqda. Bu borada albatta, unga ustozlari va ota-onasi yaqindan ko‘mak berib kelmoqda.
"Men nafaqat ingliz tili balki, boshqa davlat tillarini ham oʻrganib albatta, tarjimon boʻlaman", deydi Lobar.