Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlaydi va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritadi;
Vasiylik yoki homiylikka, oilaga tarbiyaga (patronat), farzandlikka berish, oilaviy bolalar uyini tashkil etish hamda unga bolani joylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga qo‘yadi;
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni mulkiy huquqini ta’minlaydi: notarial harakatlarda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning meros huquqini himoya qiladi;
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga "Mehr daftari" jamg‘armasidan moddiy yordam ajratilishida yordam beradi va qonun bilan o‘rnatilgan boshqa vazifalarni bajaradi.