“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

TUTINGAN OTA-ONALARNI TAYYORLASH KURSLARI BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

23.12.2022 1725

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining "Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan joriy yilning 5-17 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashga oʻz istagini bildirgan fuqarolar Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kurslarida oʻqitildi.
Mazkur "Tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari" ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga joylashtirish hamda oilaviy bolalar uylarini ijtimoiy, psixologik hamda pedagogik kuzatib borish uchun zarur imkon yaratadi. Chunki mazkur kurslar yordamida tutingan ota-onalar malakali mutaxassis, ijtimoiy soha mutaxassislari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatib, bolani oilaga qabul qilish jarayonidan tortib, to oila aʼzolarining hamda oilaning yangi aʼzosining bir-birlariga, yangi munosabatlarga, yangi ijtimoiy hayotga moslashib, oilada ruhiy sogʻlom muhitni yaratish kabi masalalarda oʻz bilim, koʻnikma va malakalarini egallash imkoniyatiga ega boʻladilar. Xususan, oʻquv kursini oʻqitishdan koʻzlangan maqsad – yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlashda tutingan ota-onalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash; oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirish boʻyicha tutingan ota-onalarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va koʻnikmalarini oshirish; oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirishga oid nazariy bilim, koʻnikma hamda amaliy tajriba, malakalarini oshirishga moʻljallangan.
Oʻquv kursi mashgʻulotlarini boshlashdan avval fuqarolarning emotsional ruhiy barqarorlik darajalarini aniqlashga qaratilgan psixologik tashhislash ishlari amalga oshirildi. Ushbu tashhislash ishlaridan muvaffaqiyatli natijaga ega boʻlgan fuqarolar oʻquv kursida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.
Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv dasturi Oilaviy bolalar uyi faoliyati va oilaga olinayotgan bolaning xususiyatlarini inobatga olgan holda 72 soatga moʻljallab ishlab chiqildi. Dastur 6 ta boʻlim, 18 mavzudan iborat boʻlib, unda tashkiliy masalalar, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy, psixologik, tibbiy jihatdan oʻrganish masalalari, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, ijtimoiy-psixologik, pedagogik koʻmaklashish, tutingan ota-onalarning kompetensiyalari, oilani boshqarish va uning moliyaviy taʼminoti masalalari qamrab olingan. PQ-345-sonli Qarorining 3-bandida tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish jarayoniga malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifani ijrosi yuzasidan Toshkent shahrida YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakillari, Bolalar himoyasi dasturi boshligʻi Antoniya Lyudeke bilan uchrashuv tafsilotlari va bola huquqlarini taʼminlash sohasidagi milliy va xalqaro meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, bolani oiladagi ijtimoiy moslashuv bosqichlari, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va zarar yetkazish xatarlarini oldini olish yoʻllari masalalariga bagʻishlangan dars mashgʻulotining videodarslari namoyish etildi.
Ushbu oʻquv kursi soʻnggida oʻzlashtirilgan bilimlarni sarhisob qilish maqsadida ushbu tinglovchilardan yakuniy imtihonlar olindi. Imtihonlar 2 bosqichda amalga oshirildi. 1 bosqichda tutingan ota-onalar oʻquv kursi davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilgan oʻquv darslari asosida shakllantirilgan test topshirdilar. Ushbu testlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan soʻng, 2-bosqichda bolalarni ijtimoiy himoyalash masalalariga bagʻishlab tayyorlab kelingan amaliy tadqiqot shaklidagi taqdimotini bayon qilib berdilar.
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimligining katta zalida oʻquv kursini muvaffaqiyatli bitirgan 25 nafar tutingan ota-onalarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Ushbu marosimda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari S.Mamayusupov, Qashqadaryo viloyati Bolalarni himoya qilish shoʻba mudiri I.Karimova, Milliy gvardiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi U.Azimov, Xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, fuqarolarni Tutingan ota-onalarni tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabrikladilar hamda kelgusidagi faoliyatlarida ularga bildirilgan ishonchni oqlashlariga, fidoyi mehnat olib borishlariga tilaklar bildirdilar. Tadbir soʻnggida ishtirokchilar esdalik uchun rasmga tushdilar.