O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash”kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Namangan viloyatida joriy yilning 9-21 yanvar kunlariga mo‘ljallangan tutingan ota-onalarni tayyorlash o‘quv kursi bo‘yicha sayyor mashg‘ulotlari boshlandi.
Mashg‘ulotning dastlabki kunida tutingan ota-onalarni tayyorlash o‘quv kursida o‘qish istagini bildirgan fuqarolarning emotsional ruhiy barqarorligini aniqlashga qaratilgan psixologik tashxislash ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, emotsional ruhiy barqarorlik darajalari maxsus metodikaga asosan fuqarolarning bezovtalik, frustratsiya, agressivlik, rigidligiga ko‘ra aniqlanadi. Mazkur emotsional ruhiy barqarorligini aniqlashga qaratilgan psixologik tashxislash natijalari bo‘yicha fuqarolar tutingan ota-onalarni tayyorlash o‘quv kursida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.