Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiysi Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik F.S.Yusupov, Xorazm viloyati Qo'riqlash boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik U.K.Yo'ldoshov va Qo'riqlash boshqarmasi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo'limi boshlig'i O.Q.Komiljonovlar tashrif buyurib, o'zlarining boy tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir davomida:
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xavfsizlik tizimiga oid masalalar, kelajakda tarbiyaviy ishlar sohasida olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir jarayonida maktab o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar.