Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Sergeli tumanidagi 266-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Uchrashuvda Milliy gvardiya faxriylar kengashi a’zolari, mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla faollari hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida faxriylar o‘z hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, Vatan va xalq oldidagi burchni sidqidildan ado etish borasida o‘z tavsiyalarini berdilar.