Kuni kecha Termiz shahridagi Sanʼat saroyining yozgi sahnasida dizaynerlarning "Milliy va zamonaviy" liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha yosh dizaynerlar, iqtidorli yoshlar qatori Termiz shahridagi Davlatovlar, Amonovlar hamda Xoliqovlar oilasidagi o‘g‘il-qizlar ham faol ishtirok etdi.
Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Termiz shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ko‘rgazma yosh ijodkorlarining o‘ziga xos yondashuvlari yig‘ilganlarning eʼtiborini tortdi.
Tadbir yakunida barcha faol ishtirokchilarga, dizaynerlarga tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti va tashakkurnomalar taqdim etildi.