Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida joylashgan 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Navro‘z ayyomini jiddiy tayyorgarlik bilan kutib olishdi: ular sheʼrlar yod oldi, raqsga tushish bilan birga qo‘shiqlar aytishni o‘zlashtirdi, shuningdek, milliy liboslar tanlashdi, binolarni bezatishdi va anʼanaviy bahor taomlarini tayyorlashni o‘rganishdi.
Shu bilan bir qatorda , o‘g‘il-qizlar bayramga Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarini taklif etib, ularga o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini ko‘rsatishni orzu qilishgan edi. Umuman olganda, bolalar ochiq havoda tadbir o‘tkazishni rejalashtirishgan, shuning uchun yomg‘ir qachon to‘xtashini va quyosh chiqishini kutishgan. Va nihoyat, ularning istagi amalga oshdi: ob-havo juda yaxshi edi. Bayram ular rejalashtirganidek o‘tdi. Harbiy xizmatchilar ham tadbirga tashrif buyurib, barcha ishtirokchilarga bayram sovg‘alarini ulashdi.